Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna hududdagi madaniyat muassasalari va kutubxonalar faoliyatini o‘rganishni boshladi.
📖 Dastlab Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida kitob fondining saqlanish holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yangi adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, kitobxonlikni yanada rivojlantirish va kutubxona faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda ishlashishga kelishib olindi.
⚡️ Madaniyat va ma’rifat maskanlari faoliyatini muntazam o‘rganish ularning sifatli xizmat ko‘rsatishi hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.