Oʻrganish davomida mahalladagi obodonlashtirish holati joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirildi. Hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish hamda tozalikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, hokim yordamchisining hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish hamda fuqarolar bilan ishlash borasidagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Mazkur oʻrganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.