Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan yer va ko‘chmas mulk hujjatlarini rasmiylashtirish, kadastr hujjatlaridagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, masalalarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.