Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Yoshlar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan joylarda deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Bugun, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Bolalar oromgohi faoliyati doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
янв.21
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida soha egalari e'tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda deputat, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 17-Navro‘z saylov okrugi deputati hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov hamrohligida Yangiobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandilar.
Fuqarolar murojaati — amaliy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat D. Saidova, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov hamda Toshkent viloyati hokimligi va tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda Saryuz mahallasining Hurriyat ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar Shahlo Karimova va Odil Boltaboyevning farzandi uchun kontrakt to‘lovini davlat tomonidan qoplab berish masalasidagi murojaatini o‘rgandilar.
Murojaat yuzasidan fuqarolar bilan batafsil suhbat o‘tkazilib, mavjud holat va amaldagi tartiblar atroflicha muhokama qilindi. Masalani qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🤝 Fuqarolarning muammolarini tinglash, o‘rganish va ularni ijobiy hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 5