Nogironligi mavjud shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Xo‘ja Hasan saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev Uzilishkent mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi mavjud fuqarolar holidan xabar olib, ularga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va yengilliklarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy xizmatlardan foydalanishi, nafaqa va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar yuborish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.