Yig‘ilish davomida joriy hafta mobaynida Kengash faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar, deputatlik nazorati tadbirlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari yuzasidan kotibiyat mudiri va mutaxassislari tomonidan hisobot va ma’lumotlar tinglandi.
Shuningdek, Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Yig‘ilish yakunida kelgusi hafta uchun ustuvor vazifalar, nazorat tadbirlari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.