Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Yoshlar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan joylarda deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Bugun, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Bolalar oromgohi faoliyati doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
янв.21
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida soha egalari e'tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda deputat, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 17-Navro‘z saylov okrugi deputati hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov hamrohligida Yangiobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandilar.
Hokim yordamchisi faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni daromadli mehnat bilan qamrab olish hamda mahallada amalga oshirilayotgan loyihalar holati yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning yechimini ta’minlash va nazorat qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Mahalla faollari va mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

 Deputat tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar bilan muloqotlarni kuchaytirish hamda aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash va ularning muammolariga yechim topish masalalari deputatlik nazoratiga olindi

Slide 1 of 2