#Kengash_sessiyalariga_oid
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining “Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6- va 24-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-V-sonli qaroriga muvofiq, Payariq tumani hokimligi tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga kiritilgan takliflar asosida:
2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan jami 437 880 ming so‘m mablag‘ni 1-ilovaga muvofiq yo‘naltirish bo‘yicha takliflar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Qaror loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalaringizni regulation.gov.uz portali orqali bildirishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|