Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KENGASH QARORI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda deputat M.Mirzayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan shahar Kengashi qarori doirasida Vatan mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Tut tagi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Abdullayev kadastr hujjatlari bilan bog‘liq masala yuzasidan murojaat qildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.Gʻofurova tomonidan Zuhro mahallasida aholini qiynab kelayotgan ayrim infratuzilmaviy masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov saylov okrugidagi hududda mahalla ichki ko‘chalarining holati, tungi yoritish tizimi hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyida ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining "Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi ish rejaga muvofiq boʻlib oʻtdi.
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Javshar ota mahallasida mahalla raisi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Javshar ota mahallasida mahalla raisi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni asosida “Obod mahalla”, “Yashil makon” loyihalari doirasidagi ishlar, ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, aholi faolligini oshirish hamda hasharlarni tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, to‘y-marosimlarni ixcham o‘tkazish, mahallaga biriktirilgan tashkilotlar vakillari hisobotlarini eshitish, “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholi muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2