#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq Javshar ota mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni asosida amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida mahallada 6 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilgani, 21 nafar fuqaroga 210 mln so‘m imtiyozli kredit va 3 nafar fuqaroga ssuda ajratilgani aniqlandi.
Shuningdek, 5 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan holda kichik tadbirkorlik subyektiga aylantirilgan.
Yer resurslari bo‘yicha 12 ta kontur, 55,91 gektar maydon to‘liq ekin bilan band ekani qayd etilgan.
Mahallada 11 ta mikroloyiha faoliyat yuritmoqda, 1 ta obyekt auksionga chiqarilgan.
Ijtimoiy yo‘nalishda yil boshida 121 ta oilaga individual dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi kunda 18 ta kambag‘al oila mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|