Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilon shahar Tut tagi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Abdullayev kadastr hujjatlari bilan bog‘liq masala yuzasidan murojaat qildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.Gʻofurova tomonidan Zuhro mahallasida aholini qiynab kelayotgan ayrim infratuzilmaviy masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov saylov okrugidagi hududda mahalla ichki ko‘chalarining holati, tungi yoritish tizimi hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyida ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining "Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi ish rejaga muvofiq boʻlib oʻtdi.
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘rganish jarayonida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki yo‘llar, ko‘cha yoritish tizimi, ichimlik suvi va boshqa kommunal xizmatlar holati yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, mahallada “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda ularning ijrosini nazorat qilish belgilab olindi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, aholi farovonligini oshirish hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3