Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov saylov okrugidagi hududda mahalla ichki ko‘chalarining holati, tungi yoritish tizimi hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyida ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining "Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi ish rejaga muvofiq boʻlib oʻtdi.
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bugun soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI BUGUN BO‘LIB O‘TADI!
Deputatlar tashabbusi bilan Kengash kutubxonasi tashkil etildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyatida deputatlar tashabbusi bilan Kengash kutubxonasi tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputatlari Sahobiddin Xadjikulov, Zokir Mullajonov, Maxfuza Isroilova hamda Sanobar Keldibekovalar tomonidan Kengash kutubxonasiga 15 dan ortiq kitob esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi.

Ta’kidlanganidek, kutubxona fondini boyitish deputatlar, kotibiyat xodimlari hamda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus Kengash faoliyatida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda mutolaa muhitini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 2