Uchrashuv davomida tuman Kengashi deputati J.Shermatov tomonidan saylovchilarga deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berilib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning yechimi bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglanib, mahallada obodonlashtirish, ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish borasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbir davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari eshitilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.