Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Ariq bo‘yi MFYda Kanal bo‘yi ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Aholi bandligi - deputat e’tibor markazida
янв.21
Farg‘ona viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amalga oshirilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat Matlyubaxon Abduraxmonova O‘rda tagi mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini o‘rgandi.
янв.21
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Marg‘ilon shahridagi Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.S.Mirzayev tomonidan shahardagi 3-son va 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar deputat tomonidan o‘rganildi.

18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva Qumrabod mahallasi aholisi farzandlarini Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishi va bolajonlarga yaratilgan shart sharoitlarni o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi, guruh xonalarining jihozlanishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa xodimlarining  faoliyati, ularning ish samaradorligi va bolalarga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha muassasadagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Bu kabi o‘rganish ishlari maktabgacha ta’lim tizimida sifatni oshirish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1