Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.S.Mirzayev tomonidan shahardagi 3-son va 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar ichki ishlar organlari tomonidan 2026 yilning o‘tgan to‘rt oyida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov aholi bandligini taʼminlash, xonadonlarda daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida saylov okrugidagi hududlarda oʻrganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov tomonidan saylov okrugidagi 20-maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga Navro‘z MFYning Charxpalak ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar nomidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputat ijtimoiy hodim faoliyati bilan tanishdi

🔹 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.To‘xtashov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan “Oyinli” mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy hodimi P.Ismoilovning faoliyati o‘rganildi.

🔹Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy ishlar, aholining murojaatlari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish va mahalla tizimidagi samaradorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

✅Hududlarda amalga oshirilayotgan bu kabi ochiq muloqot va hamkorlik ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5