Termiz tumanidagi “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Nazarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov tomonidan deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi.
Mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan manzilli ishlar, xususan, "Kambag‘allikdan farovonlikka" dasturi doirasidagi chora-tadbirlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish yakunida deputatlar va mas’ullar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla yettiligi ishini yanada jonlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.