Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasida manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.
янв.21
6-Xo‘japorso saylov okrugi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan hududda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud infratuzilmaning holatini baholash maqsadida 10-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
23-Chilonzor saylov okrugida deputat E.Yunusov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar hokimining investitsiya va savdo-sanoat bo‘yicha o‘rinbosari R.Mahmudjonovning 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
📊 Uchquduq tumanida dehqon bozoridagi narx-navolar atroflicha o‘rganildi

📊 Uchquduq tumanida dehqon bozoridagi narx-navolar atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan tumandagi dehqon bozorida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi, ularning yetarliligi hamda savdo jarayonlarining tashkil etilish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bozorda sotilayotgan un, o‘simlik yog‘i, go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va poliz ekinlari kabi kundalik ehtiyoj mahsulotlari narxlari atroflicha tahlil qilinib, ularning aholiga maqbulligi, barqarorligi va sun’iy oshirilish holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahsulotlar zaxirasining yetarliligi, savdo rastalarining tartibli joylashtirilgani, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, tarozi va o‘lchov vositalarining to‘g‘ri ishlatilishi ham sinchiklab ko‘zdan kechirildi.

📌 O‘rganish natijalariga ko‘ra, bozorda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda mavjudligi, narxlar barqaror saqlanayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda savdo madaniyatini yanada oshirish, narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi.

🤝 Mazkur yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari deputatlar tomonidan izchil davom ettirilib, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1