Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasida manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.
янв.21
6-Xo‘japorso saylov okrugi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan hududda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud infratuzilmaning holatini baholash maqsadida 10-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
23-Chilonzor saylov okrugida deputat E.Yunusov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar hokimining investitsiya va savdo-sanoat bo‘yicha o‘rinbosari R.Mahmudjonovning 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 27-APREL – 1-MAY KUNLARI HUDUDLARDA O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR REJASI

🔹 27-aprel

Masharipov Izzat Mashripovich

24-Gulshan saylov okrugi

Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish, ularni tahlil qilish hamda aniq chora-tadbirlar belgilash.

Mas’ul: D.Abdrimova – tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi

🔹 28-aprel

Dosova Gulxumor Kuranbayevna

11-Istiqbol saylov okrugi

Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni o‘rganish.

Mas’ul: D.Abdrimova – tuman Kengashi bosh mutaxassisi

🔹 29-aprel

Madraximov Maqsudbek Maxmudovich

14-Ipakchi saylov okrugi

Mahallalarda aholi, ayniqsa bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablaridagi sport zallari va ularning jihozlanganlik holatini o‘rganish.

Mas’ul: U.Ruzmetov – tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi

🔹 30-aprel

Bobojonova Manzura Nuraddinovna

13-Oq oltin saylov okrugi

Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganish.

Mas’ul: D.Abdrimova – tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi

🔹 1-may

Kariyev Mansur Omongeldiyevich

1-Komiljon Otaniyozov saylov okrugi

Hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davomat, ta’lim sifati hamda ichki muhit holatini o‘rganish.

Mas’ul: I.Masharipov – tuman Kengashi kotibiyati mudiri