Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilon shahrida aholining murojaatlari asosida hududlardagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev boshchiligida Kengash deputatlari tomonidan shahar Kengashida faoliyat olib borayotgan ayol deputatlar o'z jamoalarida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayramona qutlandi.
янв.21
Marg‘ilon shahrida shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Shukurulloxon Nisbatxonov ishtirokida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Marg‘ilonda uy-joy qurilish shirkati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, taklif va muammolari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Deputat fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA

  Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

  Ushbu qaror doirasida Sho‘rchi tumanida ham ijtimoiy soha ob’ektlarini tubdan yangilash bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

  Kuni kecha xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputati Almardon Mamashukurov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Botir Rajabovlar tomonidan mazkur qarorning tumandagi ijro holati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.

  O‘rganish ob’ekti sifatida tumanning “Oqqo‘rg‘on” mahallasi hududida joylashgan 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tanlandi. Ta’kidlash joizki, ushbu maktabda PQ-454-sonli qarorga asosan 480 o‘rinli yangi zamonaviy o‘quv binosini qurish ishlari belgilangan edi.

  O‘rganishlar natijasida binoning qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlangani, hozirda so‘nggi pardozlash va jihozlash jarayonlari ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Ishchi guruh tomonidan bino xonalarining loyiha muvofiqligi, sifat darajasi hamda zamonaviy inventarlar bilan ta’minlanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

  Monitoring davomida jihozlash ishlarini sifatli yakunlash va ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

  “Prezidentimiz tomonidan imzolangan ushbu qaror hududlardagi uzoq yillik infratuzilma muammolarini hal etishga qaratilgan. Biz deputat sifatida har bir sarflanayotgan mablag‘ va sifat ko‘rsatkichlari uchun mas’ulmiz. Maqsadimiz — tez kunda Oqqo‘rg‘on yoshlarining barcha qulayliklarga ega zamonaviy va shinam maktabda ta’lim olishlarini ta’minlashdir”, deydi deputat A.Mamashukurov.

  Bu kabi o‘rganishlar tuman Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, PQ-454-sonli qaror doirasidagi har bir ob’ektning foydalanishga topshirilishi qat’iy tahlil qilib boriladi. 

Slide 1 of 1