Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilon shahrida aholining murojaatlari asosida hududlardagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev boshchiligida Kengash deputatlari tomonidan shahar Kengashida faoliyat olib borayotgan ayol deputatlar o'z jamoalarida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayramona qutlandi.
янв.21
Marg‘ilon shahrida shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Shukurulloxon Nisbatxonov ishtirokida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Marg‘ilonda uy-joy qurilish shirkati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, taklif va muammolari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Deputat fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
#Deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati 

Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Tursunboyev "BSK to'y tepa yuksak servis" MCHJning joriy ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Taraqiyot mahallasida joylashgan ko'p qavatli uylarda o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida qoniqarsiz faoliyat ko‘pincha yerto‘lalardagi nosozliklar, chiroqlar yo‘qligi va hududning ifloslanishiga olib keladi. Samaradorlikni oshirish uchun ta’mirlash ishlari va tozalik muntazam nazorat qilinishi shart.

Ko‘p qavatli uylardagi boshqaruv kompaniyalari (servis kompaniyalari) faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:

Tozalik va gigiyena: Pod’yezdlarni tozalash, yerto‘lalarni suvsizlik va chiqindilardan tozalash, atrof-hududni obodonlashtirish.

Yoritish tizimi: Kirish yo‘laklari va hovlilarni tungi vaqtda yoritish, chiroqlarni ta’mirlash.

Muhandislik tarmoqlari: Yerto‘lalardagi trubalarni, elektr tarmog‘ini kuz-qish mavsumiga tayyorlash.

Samaradorlik ko‘rsatkichi: Kompaniya ishining sifati aholining noroziligiga sabab bo‘lmaydigan, o‘z vaqtida ta’mirlash va tozalash ishlarini bajarish bilan baholanadi. 

Samaradorlikni oshirish uchun aholi va boshqaruv kompaniyalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, shuningdek, nazorat organlarining muntazam tekshiruvlari talab etiladi.

Slide 1 of 7