Jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Niyozova tashabbusi bilan tuman Ekologiya partiyasi vakillari bilan hamkorlikda hududda jamoatchilik nazorati tadbiri tashkil etildi.
Nazorat davomida aholi murojaatlari, atrof-muhit muhofazasi, obodonlashtirish ishlari hamda sanitariya holati o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishdan iborat.
Jamoatchilik nazorati doimiy ravishda davom ettiriladi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati