O‘rganish jarayonida hududdagi sanitariya holati ko‘zdan kechirilib, masalaga mas’ul tashkilotlar jalb etildi. Deputat tashabbusi bilan muammo tezkorlik bilan bartaraf etilib, maktab hududi chiqindilardan tozalandi.
Mazkur amaliy harakat aholi murojaatlari e’tiborsiz qolmasligini va hududlarda toza hamda sog‘lom muhitni ta’minlash ustuvor vazifa ekanini yana bir bor tasdiqladi.