Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilonda uy-joy qurilish shirkati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, taklif va muammolari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Deputat fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
🔹Bugun Xalq deputatlari  shahar Kengashi deputati S. Azizov tomonidan 2-“Sahovat” saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputatlari S.Jurayeva, A.Mahkamov va A.Ermatov Nadirmat MFY raisi hamrohligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatni o‘rgandilar.
янв.21
Marg‘ilonda “Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova Uvaysiy saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani “Jizzax suv taʼminoti” AJ Zomin tuman filialiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So'rovda, Bog‘ishamol mahallasida o'tkazilgan sayyor qabulda mazkur mahallaning Bog‘i-eram ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan.

Ta’kidlanishicha, mahalla hududi umumiy hisobda ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lsa-da, Bog‘i-eram ko‘chasidagi xonadonlar hali ham markazlashgan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanmagan. Natijada ushbu hududlarda yashovchi aholi suv ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur muammoni bartaraf etish, mavjud suv tarmoqlarini kengaytirish hamda ichimlik suvi yetib bormagan ko‘chalarga qo‘shimcha quvurlar tortish orqali murojaatni ijobiy hal qilish choralarini ko'rish so‘ralgan.