Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov tomonidan Ipak yo‘li MFY hududida joylashgan 2-maktab hududida yuzaga kelgan chiqindi bilan bog‘liq murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Ermatov “Zuxro” MFY hududida joylashgan 36-maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati M. Raimdjonov “Oʻrda tagi” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar nazorati.
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Abdurahmonovaning Marg‘ilon shahridagi 2-Tibbiyot texnikumi talabalari bilan o‘quv jarayonidan bo‘sh vaqtlarida ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Poliklinika filialini qayta tiklash bo‘yicha murojaatlar o'rganildi
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
Hamkorlik Memorandumi imzolandi

Hamkorlik Memorandumi imzolandi

“Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Qarshi tuman Huquqiy maslahat byurosi hamda Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur Memorandum tomonlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy ma’rifatni oshirish hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari

🔹 aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish;

🔹 mahalliy Kengash qarorlari va dasturlari loyihalarini birgalikda tayyorlash;

🔹 Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish;

🔹 aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish.

Mazkur hamkorlik hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ochiq va samarali boshqaruvni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1