Deputatlar joylarda: amaliy o‘rganishlar olib borildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga “Takiya” saylov okrugidan saylangan deputat Abdinazarov Abduraxmon Zokirjon o‘g‘li “Takiya” mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida deputat mahalla hududida joylashgan 32-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab o‘qituvchilari hamda xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ta’lim sifati, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida uchrayotgan muammolar, ustozlarning taklif va tashabbuslari muhokama qilindi.
Shuningdek, deputat mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Deputat tomonidan bildirilgan takliflar va o‘rganilgan masalalar asosida muammolarni hal etish yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari kiritilishi rejalashtirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)