Unda deputatlarning vakolatlari, deputat so‘rovi yuborish mexanizmlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, hududlarda o‘rganishlar olib borish, aniqlangan muammolarni tizimli hal etish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi, amaliy misollar asosida deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda deputatlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasidagi mas’uliyatni kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.