Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati Z.Gʻofurova Istiqlol MFY yettiligi va aholi bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni oʻrgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatiga Xiyobon ko‘chasidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Shahar Kengashi deputati E.Yunusov tashabbusi bilan Golden Valley Fasteners MCHJ hududida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, atrof-muhitni yanada obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Bobur MFY Sohibkor ko‘chasi fuqarolarining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqib o‘rganilgan edi.
янв.21
Murojaatga amaliy yechim
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov Ipak yo‘li MFYda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari uchun deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar yigʻilish tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
"Al-Beruniy" oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi deputat nazoratida

Hudud aholisiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan «Al-Beruniy» oilaviy shifokorlik punkti binosini rekonstruksiya qilish masalasi xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Kazakov tomonidan nazoratga olindi. Mavjud 50 qatnovga mo‘ljallangan bino 1-tip oilaviy poliklinika (OP) talablari asosida qayta moslashtirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur rekonstruksiya ishlari natijasida:

zamonaviy tibbiy xonalar tashkil etilishi,

diagnostika va profilaktika xizmatlari kengaytirilishi,

shifokor va hamshira uchun zarur sharoit yaratilishi,

aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Deputat tomonidan loyiha-smeta hujjati, qurilish-montaj ishi borishi yuzasidan doimiy monitoring olib boriladi.

Aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, birlamchi tibbiy yordamni yanada takomillashtirish – ustuvor vazifalardan biridir. Rekonstruksiya ishlari sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi qat’iy nazoratda

Slide 1 of 2