Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Bobur MFY Sohibkor ko‘chasi fuqarolarining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqib o‘rganilgan edi.
янв.21
Murojaatga amaliy yechim
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov Ipak yo‘li MFYda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari uchun deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar yigʻilish tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov X.Porso MFY hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkor bilan uchrashib, uning murojaatini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
🔹Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Bobur MFY Sohibkor ko‘chasi fuqarolarining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
MUNOSABAT

Munosabat 

Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 2026-yilgi Davlat dasturi mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarini qamrab olgan, eng avvalo, inson salomatligi va farovonligini ustuvor maqsad sifatida belgilagan strategik hujjatdir. Unda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil nafaqat shior, balki amaliy harakat dasturi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 2026-yilda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Davlat dasturi mamlakat ta’lim tizimini tubdan yangilash, uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu dastur yurtimizda inson kapitali salohiyatini oshirish, yoshlarni bilimli va raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlashni ustuvor vazifa sifatida belgilaydi. Dastur doirasida maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini yaxshilash hamda oliy ta’lim imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, chekka hududlarda yangi maktablar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, zamonaviy laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va interaktiv doskalar bilan ta’minlash ishlari jadallashtirilmoqda. Bu esa ta’lim jarayoni
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
2026-yil Davlat dasturida o‘qituvchilar malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib , pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini kuchaytirish, ularni xalqaro tajribalar asosida qayta tayyorlash va rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Chunki sifatli ta’lim - avvalo malakali o‘qituvchi demakdir. Shuningdek, raqamli ta’limni rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilangan. Elektron darsliklar, onlayn platformalar va masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish orqali barcha o‘quvchilar uchun teng sharoit yaratish maqsad qilingan. Bu ayniqsa, chekka va qishloq hududlaridagi bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim sohasida esa universitetlarning akademik mustaqilligini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash vazifalari belgilangan. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish, dual ta’lim tizimini rivojlantirish hamda mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda, 2026-yil Davlat dasturi ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, uning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu islohotlar natijasida bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar avlodi shakllanishi kutilmoqda. Zero, yurt kelajagi - bilimli yoshlar qo‘lidadir. Biz, deputatlar Davlat dasturida belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlashni o‘z oldimizga ustuvor maqsad qilib qo‘yganmiz. Har bir hududda
amalga oshirilayotgan ishlar, ajratilayotgan mablag‘larning manzilli sarflanishi, aholi roziligi - doimiy parlament nazoratida bo‘ladi. Zero, Davlat dasturining haqiqiy samarasi hisobotlarda emas, balki odamlar hayotida namoyon bo‘lishi kerak. Agar har bir oila ta’lim xizmatlardan rozi bo‘lsa, har bir ona farzandi ilm olib, kasb o‘rgansa kelgusida jamiyatga hissa qo‘shadigan yoshlar o‘sib-ulg‘ayganini ko‘rsa - demak, maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.
2026-yilgi Davlat dasturi ta’lim sohasida tub burilish yasaydigan, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat siyosati darajasiga ko‘targan tarixiy hujjatdir. Uning markazida - inson, uning hayoti va baxtli kelajagi turadi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zXDP deputati Z.Abdullayeva  

Slide 1 of 1