Hududdagi oilaviy poliklinika faoliyati: aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida.
🔹22-Daxbed saylov okrugi deputati D. Xamrayeva hududda joylashgan Oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔹O‘rganish jarayonida poliklinikaning moddiy-texnik bazasi, shifokorlar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, dori-darmon ta’minoti va navbat tizimi o‘rganildi.
🔹Deputat tashrif davomida fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Bildirilgan muammolarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Aholi salomatligini mustahkamlash, birlamchi tibbiy xizmat samaradorligini oshirish hamda tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi.
🔹22-Daxbed saylov okrugida bu kabi o‘rganishlar izchil davom etadi.