O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlar ijrosini joylarda ta’minlash hamda ularning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida hududlarda uchrashuvlar tashkil etildi.
🇺🇿 Muloqotlar davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlaridagi yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🇺🇿 Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.
🇺🇿 Deputat tomonidan bunday ochiq muloqotlar doimiy ravishda davom ettirilishi, aholi manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.