Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov Yoyilma mahallasida mahalla faollari va nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh. Madaminova o‘z saylov okrugida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Xo‘ja Porso mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Ermatov fuqarolar murojaati yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat va fuqarolar muloqoti – muammolar yechimiga yo‘l
янв.21
Prezidentimiz tashabbuslari bilan Marg‘ilon shahrida "Yangi O‘zbekiston" massivi qurilishi davom etmoqda.
“Muammoli oilalar bilan manzilli ishlash — ustuvor vazifa”

“Muammoli oilalar bilan manzilli ishlash — ustuvor vazifa”

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna tashabbusi bilan Navoiy shahar hududida joylashgan Kimyogar va Tinchlik mahallalarida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda mahalla faollari ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini o‘rganish bo‘yicha manzilli tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida ushbu mahallalarda yashovchi, ruhiy kasallik bilan tibbiy nazoratda turgan, shuningdek, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar mavjud bo‘lgan oilalar holidan xabar olindi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yashash sharoiti, sog‘liq holati, mehnat bilan bandlik darajasi hamda tibbiy, psixologik va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida har bir oila a’zosi bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularni tashvishga solayotgan muammolar, ehtiyojlar va takliflar tinglandi. Mutaxassislar tomonidan ruhiy salomatlikni tiklash, zararli odatlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda tibbiy nazoratni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlarga mazkur oilalarni doimiy ravishda nazoratga olish, ularga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish, zarur hollarda sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya choralariga jalb etish, shuningdek, ularni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Mazkur tadbir aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, muammoli oilalar bilan manzilli ish olib borish, mahalla instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Bu kabi tadbirlarni kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 16