Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
Xalq deputatlari Samarqand viloyati tuman, shahar Kengashlariga saylangan raislar

 Xalq deputatlari Samarqand viloyati tuman, shahar Kengashlariga saylangan raislar

“Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili amalda

⭐️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasida belgilangan muhim konstitutsiyaviy norma — vakillik va ijro hokimiyati vakolatlarini ajratish tamoyili izchil amalga oshirilmoqda.

✅Mazkur talablardan kelib chiqqan holda, joriy yilning 29–30-dekabr kunlari Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari o‘tkazildi. Sessiyalar davomida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilgan holda Kengash deputatlari orasidan raislar saylandi.

Saylangan Kengash raislarining barchasi oliy maʼlumotli, tajribali, tashabbuskor hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi insonlardir. Ular orasida ayollar, boshqa millat vakillari, davlat mukofotlari sohiblari va ilmiy darajaga ega bo‘lgan deputatlar borligi Kengashlar tarkibining yanada rang-barang va professional ekanidan dalolat beradi.

Kengash raisi va hokim lavozimlarining ajratilishi mahalliy darajada xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash, deputatlarning masʼuliyati va saylovchilarning ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.

⭐️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi ushbu islohotlar joylarda qonun ustuvorligi, ochiqlik va samaradorlikni taʼminlashda muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildiradi.

Yangi saylangan barcha mahalliy Kengash raislarimizga mas’uliyatli ishlarida omad tilaymiz!

✈️

 @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1