Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTAT XALQ ORASIDA

Sherobod tumani “Qizilolma” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Qizilolma qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan 2026-yil 22–23-yanvar kunlari kuzatilgan kuchli qor yog‘ishi oqibatida mahallaga olib boruvchi avtomobil yo‘llari qor va muz bilan qoplanib, fuqarolar harakati uchun xavfli holat yuzaga kelgani haqida murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinovga yetkazildi. Deputat murojaatni belgilangan tartibda joyiga chiqib o‘rganib, ushbu masala yuzasidan tumandagi mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Natijada, qisqa fursat ichida tegishli xizmatlar tomonidan “Qizilolma” mahalla fuqarolar yig‘iniga olib boruvchi yo‘llar qor va muzdan tozalandi hamda fuqarolar uchun xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.

Slide 1 of 7