Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
📌Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 12-yanvar kuni soat 11:00da Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1️⃣ 2026-yilda Ishtixon tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida;

2️⃣ Ishtixon tumanida “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan axborotlar berildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 4