Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Termiz tuman Kengashi raisi, G. Shafoatova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, mahallaning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, aholi turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbati davomida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mahalla institutining vakolat va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga keng va batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, mahalla tizimi orqali jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni joyida hal etish, aholining faolligini oshirish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida Murojaatnomada belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda davlat organlari, jamoatchilik vakillari va fuqarolarning hamjihatligi muhim ahamiyat kasb etishi, jamiyatni yuksaltirish va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida har bir fuqaro mas’uliyat bilan faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 3