Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
“VATAN HIMOYASI — MUQADDAS BURCH”

 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 64-sonli umumta’lim
maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Z.Mengnorova ishtirok etib, yurtimizda Vatan himoyachilariga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yosh avlodni har tomonlama barkamol, vatanparvar va jasoratli qilib tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi. 

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan vatanparvarlik, jasorat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan harbiy chiqishlar, she’rlar, qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
 

Mazkur tadbir yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.  

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 10