Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

An’anaga muvofiq, Boyovut tumanida “Deputat bilan bir kun” loyihasi izchil davom etmoqda. Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2-Ijodkor saylov okrugi deputati Alibek Amanlikov tomonidan Kengash ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mazkur loyiha o‘tkazildi.

Loyiha doirasidagi tashrifning birinchi manzili “Ijodkor” mahallasi bo‘ldi. O‘rganishlar jarayonida hududda 8,5 km oqova suv tarmoqlari uchun beton ariqlar o‘rnatish zarurligi aniqlandi. Shuningdek, 40-sonli maktab hududida joylashgan yaroqsiz holga kelgan avariya binosi o‘rnida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatishga mo‘ljallangan zamonaviy bino qurish bo‘yicha taklif bildirilishi va ushbu masalani davlat dasturiga kiritish zarurligi qayd etildi.

O‘rganishlar davomida “Ma’naviyat” mahallasiga ham tashrif buyurildi. Mahallaning “Nayman” ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi murojaatiga ko‘ra, mazkur ko‘chaga yangi transformator va beton elektr ustunlari o‘rnatish zarurligi aniqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston ko‘chasida fuqarolarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida istirohat bog‘i tashkil etish bo‘yicha taklif ilgari surildi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 330-sonli qarori asosida “Rudagi” ko‘chasini asfaltlash ishlari boshlangan, biroq o‘rganishlar davomida 920 metr qismi bajarilmay qolganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, deputat “Sohil” mahallasi aholisiga uchrashib, Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis Senati va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnoma mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

Tadbir yakunida murojaat bilan chiqqan yoshlar muammolari tinglanib, ular bilan atroflicha muloqot olib borildi.

Slide 1 of 10