Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
#jarayon

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 11-“Maʼrifat” saylov okrugidan saylangan deputat saylovchilar bilan uchrashish va mahallalar infratuzilmasining holatini bevosita oʻrganish maqsadida hududga chiqdi.

Deputat A. Hamidov oʻz hududidagi ijtimoiy obʼyektlar va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini koʻzdan kechirdi. Xususan, oqova ariqlarning tozaligi va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻrganish jarayonida ariqlarning ayrim joylarida tozalash ishlariga ehtiyoj borligi aniqlandi va tegishli masʼullarga zudlik bilan chora koʻrish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Hududning iqtisodiy faolligini oshirish va aholining daromad manbalarini kengaytirish maqsadida, mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarga oqava ariqlardan oqilona foydalanishga qaratilgan inovatsion taklif bilan chiqdi.

Ushbu taklif suv sifatini tozalashga yordam berishi bilan birga, aholi uchun qoʻshimcha oilaviy biznes imkoniyatini yaratadi.

Slide 1 of 1