Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
#МУНОСАБАТ

Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan navbatdagi Murojaatnomasida mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijalari hamda 2026-yil va kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilab berdilar.

Prezidentimiz yoshlar, taʼlim, sport va ilm-fan sohasidagi yutuqlarga ham toʻxtalib, Oʻzbekiston futbol terma jamoasining ilk bor Jahon chempionatiga yoʻllanma olgani, shaxmat va para-sportdagi tarixiy gʻalabalar mamlakatimiz sport salohiyatining yuksalib borayotganini ta'kidladilar.

Xalqaro maydonda Oʻzbekistonning nufuzi tobora mustahkamlanib, yurtimiz global muloqot va hamkorlik markaziga aylanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari bilan integratsiya, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya va boshqa hamkorlar bilan strategik aloqalar yangi bosqichga koʻtarildi.

Davlat rahbari taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida barcha islohotlar inson manfaatlari, mahalla taraqqiyoti va texnologik rivojlanishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Urganch shahar kengashi deputati R.Baltayev