Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
#Munosabat

 #Munosabat  

 

Prezident Murojaatnomasi – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining aniq yo‘l xaritasi 

  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan
Murojaatnomasi mamlakatimiz hayotidagi islohotlar natijadorligi va kelgusi
taraqqiyot yo‘nalishlarini ochiq-oydin belgilab bergan muhim siyosiy hujjat
bo‘ldi. 

Murojaatnomada so‘z bilan emas, aniq
raqamlar va amaliy natijalar
bilan xalq manfaatiga xizmat qilayotgan
islohotlar mohiyati ochib berildi. Ishsizlik va kambag‘allikning qisqarishi,
millionlab aholining barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, mahallalarning
“kambag‘allikdan xoli” hududga aylanayotgani davlat siyosati markazida inson
turganini yana bir bor tasdiqladi. 

Ayniqsa, 2026-yilning
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi

xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga qaratilgan
tarixiy qaror bo‘ldi. Mahalla – bu faqat ma’muriy tuzilma emas, balki jamiyat
birdamligi, tarbiya va ijtimoiy adolat tayanchi ekanini Prezidentimiz alohida
urg‘u bilan qayd etdi. 

Murojaatnomada yoshlar kelajagi,
kasbiy ta’lim va mehnat bozorini tubdan yangilash masalalariga berilgan ustuvor
e’tibor bugungi kunning eng dolzarb talablariga javob beradi. Texnikumlar faoliyatini
isloh qilish, “dual ta’lim”ni keng joriy etish orqali yoshlarimizni zamon
talabiga mos, raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalash davlat siyosatining
ustuvor vazifasi ekani ochiq aytildi. 

Deputat sifatida biz uchun
Murojaatnoma – bu aniq vazifalar va shaxsiy mas’uliyat mezonidir.
Har bir belgilab berilgan maqsadni joylarda hayotga tatbiq etish, aholining
dardini eshitish, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish va islohotlar samarasini
har bir xonadongacha yetkazish bizning asosiy burchimizdir. 

Prezidentimiz belgilab bergan
strategik yo‘l Yangi O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishga
qodir. Bu yo‘lda xalq va davlat bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak,
oldimizga qo‘yilgan ulug‘ maqsadlarga, albatta, yetamiz. 

  

O‘zbekiston
“Adolat” SDPdan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga saylangan deputat Ozodaxon
Dadajonova
  

Slide 1 of 1