Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
Deputat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari

Shu kunlarda barcha yerda boʻlganidek, Vobkent tumanida ham 2025-2026-yillar kuzgi-qishki isitish mavsumiga tayyorgarlikning borishi mahalliy Kengash deputatlari tomonidan koʻzdan kechirib chiqilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Dildora Hayitova “Charmgaron” MFYda mahalla faollari, favqulodda vaziyatlar boʻlimi, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hududdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, umumiy ovqatlanish korxonalari hamda xonadonlarda qish mavsumini betalofat oʻtkazish borasida mavjud muammolar yuzasidan oʻrganishlar olib bordi.

Oʻrganishlar davomida hududdagi bir qator korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalarida boʻlajak isitish mavsumiga hozirlik ishlari, jumladan,  

- aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, koʻmir zahirasining yaratilganligi;

- ijtimoiy soha hamda umumiy ovqatlanish korxonalari obyektlarida isitish tizimlarining sozligi;

- aholiga suyultirilgan gaz yetkazish berish masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqdalar.

Aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriq, koʻrsatma va tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinmoqda. 

Slide 1 of 10