Toshkent viloyati, Chinoz tumani Adliya bo‘limi binosida Chinoz tuman Kengashi deputati L.O‘tkirov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan hamda imzolanayotgan qonun va qarorlarning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida bir qator muhim masalalar muhokama qilinib, tegishli xulosalar va kelishuvlarga erishildi. Jumladan, tumandagi har bir korxona va tashkilot rahbarlari tomonidan qonun hamda qarorlarning ijrosi yuzasidan har chorakda muntazam monitoring olib borish bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan tegishli mutasaddi xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirish va maslahatlar oldilar.
Mazkur yig‘ilish ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ularni huquqiy jihatdan himoya qilish borasidagi bilim va tushunchalarini oshirishga xizmat qildi.