Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Deputatning fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov tomonidan Sherobod tumanidagi “Uzunsoy” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ahamiyati, xususan, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, so‘nggi yillarda qabul qilingan Prezidentimizning qaror va farmonlarining Sherobod tumanida ijrosi, ularning amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar deputat tomonidan alohida qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli davlat va tashkilotlarga belgilangan tartibda murojaatlar yuborilishi ma’lum qilindi. Bildirilgan masalalarning ijrosi deputat nazoratiga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4