Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nazorat-tahlil tadbiri.

Termiz tuman Kengashi deputatlari A.Avliyakulov va M.Eshtemirov MFY yettiligi vakillari, shuningdek, Termiz tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari Y.Davlatov ishtirokida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalaladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamni tayinlash hamda to‘lash tartibi, shuningdek, aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Tahlil natijalari asosida aniqlangan kamchiliklar va takliflar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash hamda ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbirning o‘tkazilishi mahallalardagi ijtimoiy yordam sifatini oshirish va aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3