Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Oliy Majlis Senati a'zolari joylarda "Open Budget" dasturiga kiritilib, g‘olib bo'lgan obyektlar holati bilan tanishdi

Oliy Majlis Senati a'zolari joylarda "Open Budget" dasturiga kiritilib, g‘olib bo'lgan obyektlar holati bilan tanishdi

Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev hamda Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar Tuychiyevlar Toyloq tuman tibbiyot birlashmasida bo'lishib "Open Budget" dasturiga kiritilib, g‘olib bo'lgan 1,5 milliard so‘m evaziga 75 qatnovga mo‘ljallangan qo‘shimcha binoning qurilish ishlari bilan tanishishdi. 

Shuningdek, tumandagi "Akmal Toshpo‘latovich" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi bilan tanishishdi.  

Mas`ullar fermer xo'jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishar ekan, ko‘p tarmoqli faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

✈️@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 7