Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi – yangi mas’uliyat va katta imkoniyatlar bosqichi

Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida nafaqat viloyat miqyosidagi, balki tumanlar kesimidagi dolzarb masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, Boyovut tumani bo‘yicha ham qator ustuvor yo‘nalishlar, hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji uchun muhim vazifalar belgilab berildi.

Xususan, Boyovut tumanining kelgusi yillardagi o‘sish sur’atlarini tezlashtirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi hayotini yanada qulay qilishga qaratilgan. Ayniqsa qishloq xo‘jaligi va suv ta’minoti masalalarida aniq topshiriqlar berdi. Jumladan, Boyovutda sig‘imi 100 million kub metr bo‘lgan “Sultonhovuz” suv ombori qurilishi boshlanishi belgilandi. Ushbu loyiha orqali Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlarida 110 ming gektar maydonda yiliga ikki marta hosil olish imkoniyati yaratilishi alohida e’tiborda bo‘lgani biz uchun katta mas’uliyatdir.

Deputat sifatida biz Boyovut tumani bo‘yicha belgilangan ushbu ustuvor vazifalarning ijrosini joylarda o‘rganib, har bir tashabbus amalda natija berishi uchun mas’uliyat bilan ishlaymiz.

Boyovut tumani taraqqiyoti – bizning umumiy maqsadimiz.

Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar bizdan yanada faolroq, tizimli va natijador ishlarni talab qiladi.

Biz ushbu ishonch va mas’uliyatni oqlashga tayyormiz.

Deputat, Rahmonqulov Jumavoy Tursunqulovich.

Slide 1 of 1