Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
📌 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash bo‘yicha komissiya xulosasi e’lon qilindi.

📌 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash bo‘yicha komissiya xulosasi e’lon qilindi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F.G'aybullayev tomonidan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini mahallalar kesimida qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyundagi 462-sonli qarori talablari asosida amalga oshirdi. Mazkur qarorga ko‘ra tuman/shahar Kengashlari:

• mahallalarga ajratiladigan mablag‘ miqdorini,

• iqtisodiyot va moliya bo‘limlari hamda mas’ul tashkilotlar takliflarini,

• mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini inobatga olgan holda

jamg‘arma mablag‘larini ko‘paytirish yoki kamaytirish vakolatiga ega.

🏘 O‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar:

• ayrim mahallalarda ijtimoiy og‘ir vaziyatga tushgan oilalar murojaatlari ortgani;

• mavjud mablag‘larning ehtiyojni to‘liq qoplamayotgani;

• qo‘shimcha mablag‘ ajratish zarurligi belgilandi.

Shu munosabat bilan komissiya tomonidan Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori o'rinbosari B.Norbekovning hisobotini tinglandi. Hisobotda amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi va hisobot ma’lumot uchun qabul qilindi.