Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
Jalaquduq tumanida dual ta’limni o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi qoshida tuzilgan ishchi guruh tomonidan Jalaquduq tumanida dual ta’lim tizimini joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda. O‘rganish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, korxonalarning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish masalalari o‘rganib chiqilmoqda. Mazkur yondashuv yoshlarning ishlab chiqarish muhitiga tez moslashishiga, kelgusida esa munosib ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatlarining kengayishiga xizmat qiladi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan Dual ta’limi olayotgan
o‘quvchilarni amaliyot o‘tkazayotgan tashkilotlarida o‘rganishlar olib borishdi. Jumladan: "Sanobar savdo baraka lyuks"
YaTT, Beshtol
OShP, "Tillo invest" MChJ raxbarlari bilan suxbat o‘tkazildi. Tumanmizdagi politexnikumlarda yoshlar uchun dual ta’lim tizimini amaldagi holatini o‘rganish bo‘yicha 2 kichik gurux raxbari E.Qurbonov boshchiligida guruh a’zolari 2-politexnikumida va biriktirilgan korxonalarda o‘quvchilarni amaliyotga jalb etish xamda unda uchrayotgan muammolari va ularning yechimlarini o‘rganmoqdalar
Shu bilan birga, dual ta’limning amaliy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ta’lim muassasalarida o‘quv-amaliy jarayonlarni zamonaviylashtirish
va korxonalarda o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
 

   

Slide 1 of 12