Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorat tadbirlari
янв.21
Marg‘ilonda fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Marg‘ilon shahrida Davlat dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Deputat Qirguli mahallasida yo‘l muammosini o‘rgandi.
янв.21
Prezident Farmoni ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Erkenjon Yunusov saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Alijonova Ra’no saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputatlik nazorati
Prezident Farmoni ijrosi deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Marg’ilon shaharda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasiga asosan Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputati Abdubannob Mahkamov tomonidan Tog’liq mahalla hududidagi tadbirkorlik sub’ektlari o’rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoniga asosan osh tuzi ishlab chiqarish bo’yicha "Marg‘ilon Elit Tuz" MChJ, non va non mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha "Xudoberdi xoji non" MChJ, non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish "MARG`ILON ISSIQ NONLARI" MChJ hamda poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha "VM POYABZAL" MCHJlar faoliyati o’rganildi.

O’rganish davomida samarali nazoratni amalga oshirilib, deputat tomonidan "Marg‘ilon Elit Tuz" MChJda 600 million mablag’ hisobiga 8 nafar ishchi, "MARG`ILON ISSIQ NONLARI" MChJda 6 nafar ishchi va "VM POYABZAL" MCHJda 2 milliard hisobiga 30 nafar ishchi ishlayotgani aniqlandi. "VM POYABZAL" MCHJ Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston davlatlariga katta miqdorda tayyor poyabzal mahsulotlari eksport qilayotgani ham ma’lum bo’lgan

Slide 1 of 6