Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
Ta’lim sifatini oshirish – barchamizdan amaliy harakat talab etadi

🔹2025-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi ta’lim sohasidagi yutuqlar bilan birga, dolzarb muammolar va ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berildi.

🔹Yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining deputatlik guruhi tomonidan ko‘rib chiqilib, partiyaning saylovoldi dasturida ko‘tarilgan ustuvor maqsadlariga to‘liqligicha mos kelishi ta’kidlandi.

      Ayniqsa, Prezidentimiz ta’lim mazmunini zamon talablari asosida yangilash, fanlar integratsiyasini ta’minlash, o‘qituvchi malakasini oshirish va ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va ota-onalar bilan yaqin hamkorlikda ishlash zarurligi haqida bildirgan fikrlari ta’lim tizimini hech shubhasiz, yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi.

      Shuningdek:

o‘qituvchilar uchun amaliy treninglar o‘tkazish;

dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish;

o‘quvchi bilim sifatini baholashning zamonaviy usullarini joriy etish;

maktabdagi tartib-intizom va mutaxassislikni mustahkamlash choralari belgilandi.

      Bu islohotlar ta’lim sifati yuqori bosqichga ko‘tarilishiga, jamiyatimizda yetuk kadrlarni voyaga yetkazishga, o‘qituvchilar malakasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🔹Biz farzandlarimizning kelajagi uchun mas’ulmiz. Har bir harakatimiz shunga xizmat qiladi!